Yigʻilishda mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash boʻyicha amalga oshiralayotgan ishlar, xususan, aholini emlash uchun 5 turdagi vaksinalar yetarlicha keltirilgani, biroq koʻpchilik ijtimoiy tarmoqlardagi asossiz dalillarga berilib, emlashdan hadiksirab turgani, vaksinatsiya koronavirusga chalinish xavfini kamaytirishini ommaga keng tushuntirish zarurligi bayon etildi.

Soʻzga chiqqan “Yuksalish” ummummilliy harakati raisi oʻrinbosari Sherzod Saparov, YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, Surxondaryo viloyati sanitariya epidemologiya va osiyishtalik xizmati boshligʻi Abdusamat Mustanov, respublika sanitariya epidemologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati menedjeri Dilfuza Rasulova va boshqalar bugun aholini emlashda qoʻllanilayotgan vaksinalar haqida toʻliq tushuncha berib, emlash tufayli yurtimizda koronavirus xuruji ancha pasayganligini taʼkidlash barobarida 18 yoshdan yuqori barcha toifadagi fuqarolarni emlash zarurligini taʼkidlashdi.

Yigʻilish yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javob berishdi.

Usmonali NORMATOV,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri