AQSH televidenie akademiyasi 75-marta o'tkaziladigan "emmi" taqdirlash marosimining sanasini e'lon qildi. Unga ko'ra, tadbir 2024-yilning 15-yanvarida bo'lib o'tadi.

Marosim qoldirilishiga AQSHda aktyor va ssenaristlarning ish tashlashi sabab bo'ldi. Tadbir dastlab 2023 yil 18 sentyabrda o'tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Nomzodlar bo'yicha "Vorislar" (27) va "Oq Lotos" seriallari etakchilik qilmoqda. SHuningdek, ro'yxatda "Ted Lasso", "Uensdey" va "Ajdar uyi" seriallari o'rin olgan.