Unga muvofiq:

kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona tartibi belgilanadi;

mazkur davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklda topshiriladi;

10-sinf o‘quvchilarining o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish tartibi alohida belgilanib, o‘quvchilar uchun kasbiy ta’lim olish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi;

kasbiy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha xulosa berishning yagona tartibi joriy etiladi;

Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda mazkur davlat xizmatlarini YIDXP orqali ko‘rsatish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi;

davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli davlat organlaridan elektron shaklda olish imkoniyati yaratiladi;

fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish jarayoni raqamlashtiriladi, soddalashtiriladi va ortiqcha byurokratik jarayonlar kamaytiriladi.