Endi 1000 ta umumtaʼlim maktabida “Smart sinflar” tashkil etiladi

    2027-yilga qadar 1000 ta oʻquv kompyuter sinflari toʻplami bosqichma-bosqich tarzda vazirlikka taqdim etiladi.

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida “Hancom academy” rahbariyati bilan “Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablarida axborot kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan “Smart sinflar” tashkil etish” hamkorlik loyihasini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Unda vazir Hilola Umarova, “Hancom academy” Bosh direktori Kvan-Xon Li, ijrochi direktori Pak Kinxyon hamda tashkilotning Oʻzbekistondagi rasmiy vakili Li Sang Il va vazirlik masʼullari ishtirok etishdi.

    Uchrashuvda, “Hancom academy” tomonidan maktablarga AKTdan foydalanish, IT kasb yoʻnalishlarida toʻgaraklar tashkil etish maqsadida 2027-yilga qadar 1000 ta oʻquv kompyuter sinflari toʻplami bosqichma-bosqich tarzda vazirlikka taqdim etilishi maʼlum qilindi.

    Shuningdek hamkorlik imkoniyatlarining kelgusi qadamlarini ishlab chiqish va rejalashtirish uchun tomonlar oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolashdi.