Jumladan, ular haftasiga 7 ta, oyiga esa 30 “story” qo‘yishlari mumkin. Ehtimol, siz bu limitlarni bir kunda tugatib qo‘yishingiz ham mumkin.

Premium obunasiga ega foydalanuvchilar uchun esa bu borada bir qancha imtiyozlar mavjud. Agar siz Premium obunachilar sirasiga kirsangiz:

  • Sizning  “story”laringiz ro‘yxatning eng yuqori qismida turadi;
  • Shuningdek, siz boshqa foydalanuvchilarning “story”larini sezdirmasdan ko‘ra olasiz;
  • 24 soatdan keyin ham  “story”ni kimlar ko‘rganini aniqlay olasiz;
  • “story”lar muddatini o‘zingiz belgilaysiz. Ya’ni, sizda nafaqat 24 soat, balki 6-48 soatlik  “story”lar qo‘yish imkoni mavjud;
  • Boshqalarning  “story” larini yuklab olishingiz mumkin;
  •  “story”dagi matnni qalin, kursiv yoki chizilgan qilib qo‘yishingiz va unga havola qo‘shishingiz ham mumkin.