Bu haqda AOKAda oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi mutasaddilari maʼlum qildi:
«Chiqindilarni tashib ketish uchun tadbirkorlarga hududlarni davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish mexanizmlari yaratilmoqda, xususan, maishiy chiqindilar bilan ishlash sohasida hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish boʻyicha 8 ta bitim imzolandi.
235 ta qattiq maishiy chiqindilarni koʻmish poligonlarining 42 tasi rekultivatsiya qilindi.
Joriy yil boshidan buyon chiqindilar bilan bogʻliq 6 913 ta qonunchilik talablari buzilish holati aniqlangan. Ushbu holatlar yuzasidan fuqarolar hamda mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy choralar qoʻllanilib, 2 mlrd soʻm miqdorida jarimalar rasmiylashtirildi».