Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra:
- ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilar tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanal, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi qonunchilikka muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarida va muddatlarda maqbul ekin ekilmaganligi, – BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Solik kodeksiga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi yuqorida keltirilgan maydonlarda:
- har yili 1 maygacha maqbul ekin ekilmagan yer uchastkasi va ularning mulkdorlari (egalar) toʻgʻrisidagi axborotni davlat solik organlariga real vaqt rejimida, elektron shaklda taqdim etishi shartligi koʻzda tutildi.
Mazkur axborotga asosan yer uchastkasining maqbul ekin ekilmagan qismi uchun joriy yilgi yer soligʻi stavkasi 3 baravar miqdorda oshirilgan holda hisoblanishi belgilandi.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.