Prezidentimiz endi davlat kafolati ostida tashqi qarz olish masalasini maʼqullashni ham Parlament vakolatiga oʻtkazishni taklif qildi.
Bundan buyon davlat xaridlarida tovar, ish va xizmatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish mumkin boʻlgan holatlar faqat qonun bilan belgilanadi.
Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida viloyat hokimlari va mahalliy kengashlar raislari lavozimlari bir-biridan ajratilgan edi. Endi bu tizim 2026-yildan 208 ta tuman va shaharda ham yoʻlga qoʻyiladi.
“Ayni paytda ushbu jiddiy siyosiy islohot hokimlar va ijro idoralaridan Kengashlarga munosabatni mutlaqo oʻzgartirishni talab qiladi. Bundan buyon deputat soʻrovlari ijrosi har chorakda tahlil qilinib, sustkashlikka yoʻl qoʻyilgan holatlar boʻyicha prokuraturaga taqdimnoma kiritiladi”, – dedi Prezidentimiz.