Shu bois, ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha siyosat kelgusida ham izchil davom ettiriladi. Xususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha besh yillik strategiya ishlab chiqiladi.
Ushbu institutlarga ijtimoiy buyurtma berish tizimi raqamlashtirilib, moliyalashtirish hajmi 2 karra oshiriladi.
Bundan tashqari, xayriya tashkilotlarini tuzish tartibi soddalashtiriladi, hisobdorlik va shaffoflik mexanizmlari takomillashtiriladi.
«Takror aytaman, yurtimizdagi keng koʻlamli yangilanishlar davrida ochiqlik siyosatidan hech qachon ortga qaytmaymiz. Soʻz va matbuot erkinligini taʼminlash ustuvor vazifamiz boʻlib qoladi», – dedi Prezidentimiz.