O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qo‘shimchalar kiritish to‘grisidagi qaror loyihasi joylashtirildi.

Unda qayd etilishicha, jazoni ijro etish tizimi faoliyatini raqamlashtirish, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga elektron davlat xizmatlari, shu jumladan notariat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish orqali, mahkumlarning huquqlari taʼminlanishini xalqaro huquqqa bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish rejalashtirilmoqda.

Bunda mahkumlarning elektron davlat xizmatlari, shu jumladan, notariat xizmatlaridan foydalanishi uchun JIEM maʼmuriyati tomonidan alohida xona ajratiladi.

Mazkur xona veb-kamera hamda jahon axborot internet tarmog‘iga ulangan kompyuter texnikasi bilan jihozlanadi.