Majburiy sertifikatlanadigan tovarlar roʻyxati 459 taga qisqartirildi. Roʻyxat yana 288 taga kamaytiriladi.

Umuman, mahsulotlar xavfsizligi va sifatini taʼminlash hamda uni baholash bilan bogʻliq milliy infratuzilma tubdan isloh qilinib, xalqaro standartlarga moslashtiriladi.

Bunda, eng avvalo, sertifikatsiya oʻrniga muvofiqlikni deklaratsiyalash amaliyoti keng joriy etiladi.

«Texnik jihatdan tartibga solish tizimi butunlay transformatsiya qilinadi. Mamlakatimizga dunyodagi eng nufuzli xalqaro tan olingan laboratoriyalar kirib kelishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz.
Endi, mahsulotlar sifati boʻyicha “bozor nazorati” tizimiga oʻtamiz. Bundan keyin nazorat obyekti tadbirkor emas, balki bevosita mahsulotni oʻzi boʻladi», — dedi Prezident.