Toshkent metropolitenidan foydalanganda yoʻl haqqini toʻlash uchun bank kartalari, transport kartalari yoki QR-kodli chek olishning hojati qolmayapti. Oʻtish joyida UZINFOCOMning — Palm ID, tomirlar tasviriga asoslangan identifikatsiyalash yangi biometrik loyihasi ishga tushirildi.
Kaftingizni skaner ustiga tutasiz va tizim sizni identifikatsiya qiladi. Sizdan avtomatik tarzda toʻlov yechib olinadi. Buning uchun siz bir necha daqiqa sarflab, dastur orqali oʻz shaxsiy maʼlumotlaringizni kiritishingiz zarur.
Jamoat transporti foydalanuvchilari uchun mobil ilova ham ishga tushirilgan. Mobil ilova orqali virtual karta ochilib, pul mablagʻi bilan toʻldiriladi. Shundan soʻng toʻlov uchun kaftingiz kifoya qilib, hech qanday internetsiz, karta yoki, QR-kodli cheklarsiz toʻlovni amalga oshira olasiz.