Unga koʻra, 2021-yil 1-yanvardan boshlab videoregistratorlar bilan birga videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Ilgari faqat videoregistratorda tasvirga tushirilib, yuborilgan tasvirlargina koʻrib chiqilar, lekin boshqa videotexnikalar, xususan mobil telefonlarda olingan videolar jarima qoʻllash uchun asos boʻla olmas edi.

Fuqarolar huquqbuzarlik tasvirga tushirilgan videolarni ejarima.uz sayti orqali vakolatli organga yuborishlari mumkin.