Qayd etilishicha, ikki kompaniya Shimoliy Gollandiya provinsiyasidagi ming kvadrat metr velosiped yo‘laklariga va Shimoliy Brabant mintaqasidagi xuddi shu hududga maxsus panellar o‘rnatish uchun birlashgan.
Nashrda taʼkidlanganidek, panellar yo‘laklarning ustki qismini ko‘chirib tashlamasdan, mavjud yo‘llarning ustiga o‘rnatilgan. Har bir paneldagi fotovoltaik hujayralarga shikast yetmasligi uchun maxsus qatlamli polimer bilan qoplangan.
Panellarning debyut versiyasi birinchi marta 2015 yilda paydo bo‘lgan va shundan so‘ng uning tijoriy ishga tushirilishidan oldin butun dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq obyektlarda sinovdan o‘tkazilgan. Mamlakatdagi eng yirik loyihaga aylangan joriy loyihadan maqsad yiliga 160 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarishdan iborat.