Mazkur muddat kelin-kuyovning tibbiy koʻrikdan oʻtishi uchun belgilanadi. Bir oylik muddat ariza topshirilgan kundan boshlab 4 oygacha uzaytirilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ariza topshirilganda FHDYOga toʻlov toʻlanmaydi. Faqatgina nikohdan oʻtish kuni davlat boji toʻlanadi. Agarda nikoh marosimi tantanasiz oʻtadigan boʻlsa, jami 85.750 soʻm toʻlanadi, yaʼni davlat boji 49.000 soʻm, gerb yigʻimi 36.750 soʻm. Agar nikoh marosimi FHDYO boʻlimida tantanali oʻtkazilsa, yuqorida aytilgan 85.750 soʻmga yana qoʻshimcha pullik xizmat 122.500 soʻm qoʻshiladi.

Shunda tantanali nikohni qayd etish umumiy summasi 208.250 soʻm boʻladi. Agarda nikoh joyiga chiqib qayd qilinsa, yuqorida aytilgan 85.750 soʻmga qoʻshimcha 367.000 soʻm pullik xizmat toʻlovi qoʻshilib, jami 453 750 soʻm toʻlanadi.

Barcha toʻlovlar invoys orqali amalga oshiriladi. Fuqaroning shaxsiy telefoniga toʻlov amalga oshirilganligi haqida sms xabar keladi. Unda tasdiqlash kodi boʻladi. Kod biriktirilgandan soʻng nikoh guvohnomasi beriladi.

Bu muhim!

Nikohni qayd qilish 1-iyundan boshlab eksterritorial tartibda amalga oshirilmoqda. Yaʼni endilikda propiska bormi-yoʻqmi istalgan hududdagi FHDYO boʻlimiga nikohni qayd etish uchun ariza topshirish hamda tibbiy koʻrikdan oʻtish mumkin.

Nikoh yoshi — 18 yosh.

Gulnoza PARDAYEVA,
Yangiyoʻl shahar FHDYO boʻlimi mudirasi