Endi Oʻzbekiston fuqarolari Xitoyga 30 kun vizasiz sayohat qilishi mumkin

    Bugun Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I muhim Bitimni imzoladi.

    Bu haqda Baxtiyor Saidov oʻzining telegram kanalida maʼlum qildi.

    Bitimga koʻra, endilikda Oʻzbekiston va Xitoy fuqarolari har ikki mamlakatga 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkoniga ega boʻladi.

    “Bu hujjat aloqalarimizni yanada faollashtirish, savdo aylanmasini oshirish va xalqlar oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yoʻlidagi yana bir muhim qadamdir”, deb yozadi vazir.