Endi Oʻzbekistonda 5 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar ham koronavirusga qarshi emlanadi

    Salomatlik 20 Yanvar 2022 1799

    Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi:

    “21-sentyabrdan 12 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni «Pfizer” vaksinasi bilan emlash boshlangan edi. Natijada hozirgacha shu yosh toifasiga mansub salkam 800 ming nafar aholi emlandi.

    Endilikda mamlakatimizda 5-11 yoshli bolalarni emlash boʻyicha alohida koʻrsatma tayyorlandi. Ular “Pfizer” vaksinasining 0,1 ml litr dozasi bilan emlanadi. Bunda 6 dozali vaksinani samarali ishlatish uchun bir paytning oʻzida emlash punktlariga 18-20 nafar bolani yigʻib, vaksinani qoʻllash nazarda tutilgan.

    COVIDʻga qarshi emlanadiganlar soni endi 5 yoshdan yuqori aholi statistikasi bilan yuritiladi.

    Davlat tashkilotlarida 50 mingdan koʻp, xoʻjalik yuritish subyektlarida 20 mingdan koʻp emlanmagan fuqaro mavjud. Ularni ham emlash jarayoniga jalb etish joiz».