Ochiq muloqot doirasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari va eksport rejalari haqida ham taqdimot qilindi.
Viloyat hokimi o'rinbosari B. Yusupovning ta'kidlashicha, tumanda 56 ta loyiha amalga oshirilishi ortidan 882 ta ish o'rni yaratiladi.
Shuningdek, elektr ta'minotini yaxshilashga Qamashi tumaniga 17 milliard 300 million so'm ajratiladi. Ta'kidlanishicha, ajratilayotgan mablag' 128 km. elektr uzatish tarmog'i qurishga, 27 ta yangi transformator va 3600 ta simyog'ochlar o'rnatishga sarflanadi.