“Endi qizlar ham harbiy xizmatga boradi”

    Niderlandiya hukumati 17 yoshga toʻlgan xotin-qizlarning harbiy xizmatga chaqiruvi boshlanishini maʼlum qildi.

    Niderlandiya hukumati gender tengligining amaldagi isboti sifatida shu haftadan eʼtiboran 17 yoshga toʻlgan xotin-qizlarning harbiy xizmatga chaqiruvi boshlanishini maʼlum qildi. Niderlandiya Mudofaa vaziri Ank Beyleveld oʻz tvitter sahifasidan yoʻllagan bayonotida shu haftadan boshlab 17 yoshga toʻlgan 2003-yilda tugʻilgan barcha xotin-qizlarga harbiy xizmatga chaqiruv boshlanishini maʼlum qilgan.

    U mazkur qaror gender tengligi doirasida qabul qilinganligini taʼkidlab: “Ayollar va erkaklar teng huquqlarga ega, shuningdek, ularning majburiyatlari ham” degan iborani ishlatgan.

    Niderlandiya ommaviy axborot vositalari xabarlariga koʻra, harbiy xizmatga chaqirilishi kutilayotgan 100 ming boʻlajak xizmatchilar orasida mamlakat qirolining qizi, malika va taxt vorisi Ameliya ham bor.