“Samarqand yoʻlovchi trans” DK axborot xizmatining xabar berishicha, “Samarqand yoʻlovchi trans” DK elektrobuslarida internetdan tekin foydalanish imkonini beruvchi Wi-Fi aloqa tizimi oʻrnatilgan boʻlib, ayni damda test rejimida faoliyat koʻrsatmoqda.

Ushbu xizmatning yoʻlga qoʻyilishi haqida bundan bir necha kun oldin korxona rahbari Otabek Abdullayev OAV va blogerlar uchun oʻtkazilgan matbuot anjumanida bildirib oʻtgan edi, qisqa muddatda ushbu xizmat ishga tushirildi.

Amalga oshirilayotgan bu ishlar yoʻlovchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida yoʻlga qoʻyilmoqda. “Bu elektrobusda Wi-Fi bor” degan yorligʻlar elektrobuslarga bosqichma-bosqich yopishtiriladi.

Shuningdek, “Samarqand yoʻlovchi trans” DK axborot xizmati Wi-Fi internet aloqasi sinov tariqasida ishlayotganini ayrim hollarda kamchiliklar ham kuzatilishi mumkinligini va sodir boʻlishi mumkin boʻlgan kamchiliklar tezkorlik bilan bartaraf etilishini maʼlum qildi.