Joriy yilning 15-oktyabridan boshlab “Nududgaztaʻminot” AJ tomonidan respublika hududlari boʻylab maishiy gaz ballonlariga shtrix kodli stikerlarni oʻrnatish ishlari boshlandi.
Bu tizim qanday tartibda amalga oshiriladi:
▪️ I bosqich — maishiy gaz ballonlariga maxsus shtrix kodli stikerlar oʻrnatiladi;
▪️ II bosqich — isteʼmolchilar ID kartalar bilan taʼminlanadi;
▪️ III bosqich — mazkur jarayonlar “Ye-gaz” onlayn tizimiga ulanadi.
Isteʼmolchiga berilgan ID kartada barcha maʼlumotlar koʻrinib turadi. Bu bilan endi narx-navoni asossiz oshirish muammosi boʻlmaydi. Shu bilan birga bu tizimda gaz ballon tarqatish oraligʻi 45 kun boʻlsa, 45 kun ichida faqatgina bir marta pul yechib olinadi. Yaʼni 45 kun ichida ikkinchi bor gaz ballon olishning imkoni boʻlmaydi.
Avtomatlashtirilgan tizimda belgilangan mablagʻ tegishli muddatda yechib olinadi. Yaʼni, haydovchi ekspeditor va taʼminotchi xodimlar tomonidan gaz ballon uchun qoʻldan naqd pul olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bu esa oʻz navbatida suyultirilgan gaz taʼminotida koʻrsatilayotgan xizmat sifatini yana-da oshirib, tizimdagi korrupsiya holatlarini bartaraf etishga imkon beradi.