Unga koʼra, yakuniy davlat attestatsiya sinovidan oʼta olmagan shaxs keyingi har bir oʼquv yilida (3 yil davomida) oʼz arizasiga muvofiq 2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.
Oldingi tartib boʼyicha bitiruvchi yakuniy davlat attestatsiyasi sinovidan oʼta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab boʼlib kelgan.
Endilikda talabalar tomonidan qayta topshirish toʼgʼrisidagi arizalar yigʼilishiga qarab bir oʼquv yilida ikki martagacha davlat imtihonlarini qayta topshirish imkoniyati yaratildi.