Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara toʻlovining bir qismini davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi boʻyicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
— kontrakt.edu.uz axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
— shaxsiy kabinetdan “Ijara toʻlovlari” boʻlimi tanlanadi.
— “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi boʻlishi talab etiladi.
Ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish xizmati: http://ijara.soliq.uz