Unga koʻra, tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborilgan va borgan davlatining qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarish va ularni qaytarish bilan bogʻliq xarajatlarni undirish tartibi belgilandi.
Endilikda, chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan fuqarolarga quyidagi taʼsir choralari qoʻllanadi:
- — deportatsiya qilingan fuqaro Migratsiya jamgʻarmasi hisobidan qaytarilganda, qaytarish xarajatlarni ushbu fuqarodan undirib olinadi;
- — Migratsiya jamgʻarmasi hisobidan taqdim etilgan subsidiya va kompensatsiya summalarini qaytarib undiriladi;
- — bir yilgacha muddat davomida rivojlangan davlatlarga tashkillashtirilgan tarzda ishga yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilmaydi;
- — tashkillashtirilgan tarzda chet elga ishga yuborish boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada shartnoma shartlari bajarilmagani uchun jarima va uchinchi shaxslarning kafilligi belgilanadi;