Bu haqda AOKAda oʻtayotgan matbuot anjumanida Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Hidoyatov maʼlum qildi.
“Aholiga yana-da qulay shart-sharoit yaratish maqsadida normativlarga oʻzgarishlar kiritildi. Bundan keyin uylar «korobka” holatida topshirilmaydi. Bu tartib-tamoyil 3 oydan keyin, apreldan kuchga kiradi.
Pudrat tashkilotlari qurib topshirayotgan barcha uylarning 100 foiz devorlari, kommunikatsiya tarmoqlari tortilgan boʻladi».