Shuningdek, Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi “chempion tadbirkor”larni koʻpaytirish uchun bank orqali loyihalarga 10 milliard soʻmgacha imtiyozli kredit beradi.

Ishlab chiqarish, servis, yashil iqtisodiyot loyihalari uchun 500 million soʻmgacha tijorat kreditlari kompaniya tomonidan qayta moliyalashtiriladi. Natijada har yili 100 mingdan ziyod tadbirkorlar oladigan kredit foizi 6 foizgacha pasayadi.

Avvalgi krediti boʻyicha kompaniyadan kafillik olib, toʻlovni vaqtida qilgan tadbirkorlarga yangi kreditlar uchun kafillik miqdori 1,5 karra oshiriladi.

Endi yirik tadbirkorlar ham kompaniyadan 10 milliard soʻmgacha kafillik olishi mumkin boʻladi.