Endi yoʻldagi dislokatsiya tushunchasidan voz kechilib, barcha yoʻl-patrul xizmati xodimlari uchun mahallalarni qamrab oluvchi javobgarlik hududi belgilab qoʻyiladi.
Eng xavfli yoʻl va chorrahalar xaritasini shakllantirib, ularni tartibga solish uchun:
- nechta svetofor yoki qancha uzunlikdagi yoʻl toʻsiqlari kerak;
- qaysi hududlarga yer usti va yer osti piyoda yoʻlaklari zarur;
- harakat xavfsizligi uchun jiddiy xavf tugʻdirayotgan “yama” va “garmoshkalar”ni taʼmirlash uchun qancha mablagʻ zarur, degan savollarga aniq hisob-kitoblarini berish topshirildi.
Mutasaddilar va barcha viloyatlar hokimlariga bir oy muddatda konsultantlarni jalb qilib, hududidagi eng xavfli yoʻl va chorrahalarda tartib oʻrnatish loyihasini boshlashga koʻrsatma berildi.