Qayd etilishicha, yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida QR-chiptalarni “Paynet” shoxobchalari orqali ham sotib olish imkoniyati yaratildi. Bu kabi shoxobchalar soni shahar boʻylab 2700 tani tashkil etmoqda.
Avval yoʻlovchilar bir martalik QR-chiptalarni shahar boʻylab oʻrnatilgan 5000 dan ortiq oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish infokiosklaridan xarid qilishlari mumkin edi.
Endilikda QR chiptalarni 8 000 ga yaqin nuqtadan sotib olish imkoniyati yaratildi.