Ma'lumotlarga ko‘ra,ushbu imkoniyatdan quyidagi shaxslar foydalana oladi:
- kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat taʼlim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan taʼminlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari;
- oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar;
- dastur doirasida, 150 million so‘mgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish imkoniyatini berish nazarda tutiladi.
- qiymati 1,5 milliard so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarzga berish nazarda tutilmoqda.