Shu bois, oliygoh bitiruvchilarini ishga joylashtirish boʻyicha xususiy sektor uchun maʼqul keladigan tizim yaratilishi belgilandi.

Buning uchun Tadbirkorlar reytingida alohida koʻrsatkich qoʻshiladi.

Bunda tadbirkorlar oʻzidagi boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni mutaxassislik yoʻnalishi bilan kiritadi.
Platformaga oliygohlar ham ulanib, oliygohning “karyera markazi” bitiruvchini boʻsh oʻrni bor korxona bilan bogʻlab beradi.

Eng muhimi, bitiruvchini ishga olganlik uchun tadbirkorga qoʻshimcha ball beriladi.

Bitiruvchisini yarmidan koʻpini ishga joylagan “karyera markazi”ga oliygoh jamgʻarmasidan 500 million soʻm mukofot beriladi.