Endilikda kameral nazoratda tadbirkordan hujjat talab qilish yoki uni idoraga chaqirish qatʼiyan taqiqlanadi.
Shuningdek, alohida ochiq-oshkora platforma yaratilib, soliqchilar koʻrsatgan xizmatlar sifatiga tadbirkorlarning oʻzi baho beradigan tizim yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, hozirda soliqqa oid bitta huquqbuzarlik uchun tadbirkor sifatida moliyaviy jarima, jismoniy shaxs sifatida maʼmuriy jarima qoʻllanmoqda. Bunday amaliyot bekor qilinishi taʼkidlandi.
Tadbirkorlarga qoʻllanayotgan jarimalar ular faoliyatining toʻxtab qolishiga sabab boʻlmasligi zarurligi qayd etildi. Shu nuqtai-nazardan uch oyda barcha moliyaviy sanksiyalar qayta koʻrib chiqilib, adolatli meʼyorlar belgilanadi.