Endilikda niqobsiz boʻlgan shaxslar transport vositalari saloniga chiqarilmaydi

    Salomatlik 22 Iyun 2021 883

    Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Transport vazirligi va boshqa qator manfaatdor tashkilotlar taklifiga binoan respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra yoʻnalishli avtobus haydovchilari (konduktorlari) va metro kuzatuvchilari niqobsiz boʻlgan shaxslarni transport vositalari saloniga chiqarmaslik (kiritmaslik) choralarini koʻrishi belgilandi.

    Shuningdek, muntazam ravishda mikrofon orqali shaxslarni masʼuliyatni oshirish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borilishi, jamoat transportlarining oxirgi bekatida dezinfeksiya-tozalash ishlarini amalga oshirilishi zarurligi koʻzda tutilmoqda.

    Temir yoʻl vokzallari va aeroportlarda esa sanitariya-epidemilogiya talablariga amal qilinishini qatʼiy nazoratga olinishini, shu jumladan, dezinfeksiya va tozalash tadbirlarini muntazam ravishda yoʻlga qoʻyilishi taʼminlanadigan boʻldi, deya xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.