Temir yo‘l vokzallariga tashrif buyuruvchilar endilikda soddalashtirilgan holda, ya’ni shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz vokzal hududiga kirishlari mumkin.
Yo‘lovchilar platformasiga-perronga yo‘lovchi poyezd chiptalariga ega bo‘lgan yo‘lovchilar hamda harakatlanishi cheklangan bemor yoki keksa yoshdagi yo‘lovchilarni kuzatuvchi va kutib oluvchi fuqarolar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan o‘tishlari mumkin.
Chiptalari yo‘q shaxslar, shuningdek, chiptada ko‘rsatilgan ma’lumotlar yo‘lovchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos bo‘lmagan fuqarolarning yo‘lovchilar platformasi-perronga va yo‘lovchi tashish vagonlariga kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.