Endilikda, “Yangi Oʻzbekiston” universitetining baholash tizimi oliygohlarda ham yoʻlga qoʻyiladi.
Moliyalashtirish oliygohlar toʻplagan ballariga qarab amalga oshiriladi:
- Oliygohlarga bitiruvchilar bandligiga qarab – 40 ball,
- ilmiy tadqiqotlar uchun tarmoq buyurtmasi va mahsulotini sotishiga qarab – 30 ball,
- ilmiy salohiyati, tan olingan xalqaro jurnallardagi maqolalari uchun – 20 ball;
- tadqiqotlar uchun jalb qilgan mahalliy va xorijiy grant uchun 10 ballgacha beriladi.
Masalan, Qarshi texnika universiteti jami ballarning 85 foizini toʻplasa, bu yilgi byudjetdan berilayotgan 78 milliard soʻmga qoʻshimcha 20 foizlik bonus beriladi. Agar 56 foizdan kam toʻplasa, keyingi oʻquv yiliga moliyalashtirish qisqaradi.
Milliy universitet, Irrigatsiya kabi ilmiy oliygohlar, Madaniyat va sanʼat, Konservatoriya kabi ijtimoiy oliygohlarni texnika yoʻnalishidagi amaliy oliygohlar bilan tenglashtirib boʻlmasligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga reyting mezonlarini ishlab chiqishda buni ham hisobga olish topshirildi.