“Kabachok — ortiqcha vaznga qarshi kurashishda juda foydali. Uning 100 grammida atigi 24 kilokaloriya mavjud. Uning tarkibining 95 foizi suvdan iborat. Besh foizini esa foydali kletchatka, mikroelementlar va vitaminlar tashkil etadi. Kraxmalning kam miqdorda ekani, orqticha ovqatlanishning oldini olib, hazm qilish tizimi faoliyatini yaxshilaydi, ichaklarni tozalash xususiyatiga ega”, deb tushuntirdi mutaxassis.
Uning aytishicha, kabachok S vitaminiga boyligi bilan ham ajralib turadi. Mazkur sabzavot teri, qon-tomirlar, suyaklar va tishlarning tiklanishiga ham yordam beradi.
“Shuningdek, infeksiyalarga qarshi kurashishda javobgar leykotsitlarning sintezlanishini rag'batlantiradi. Kabachok tarkibidagi A vitamini ko'zlarni himoyalaydi, immunitetni mustahkamlaydi, reproduktiv funksiyani yaxshilaydi”, deydi Jarkova.