soat 7:00 dan soat 22:00 ga qadar energetik ichimliklarni televideniye va radio orqali reklama qilish;

tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) orqali energetik ichimliklarni reklama qilish;

energetik ichimliklar namunalarini voyaga yetmaganlar oʻrtasida reklama qilish maqsadida bepul tarqatish;

voyaga yetmaganlarga energetik ichimliklarni reklama qilish;

asosan voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan tadbirlarga homiylik qilish, agar bunda energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalaniladigan boʻlsa;

voyaga yetmaganlar orasida energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) yoki tasviridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, oʻyinlarni va boshqalarni) tarqatish, shu jumladan sotish;

asosan bolalar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan bosma nashrlarda, shuningdek tibbiyot, sport va taʼlim muassasalarida hamda tashkilotlarida energetik ichimliklarni reklama qilish;

energetik ichimliklardan foydalanilgan holda ragʻbatlantiruvchi aksiyalar oʻtkazish.