Sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini yurtimizga noqonuniy olib kirish holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Yangiqoʻrgʻon tumanida tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro U.J. boshqaruvidagi “Hyundai Porter” rusumli yuk avtomashinasi Yangiqoʻrgʻon tumani Olmazor MFY hududida belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada ushbu yuk avtomashina yukxonasida sifati kafolatlanmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 70,5 million soʻmlik 4704 dona energetik ichimliklar yashirilganligi aniqlandi.