Unda Federal moliya vazirligi bilan hamkorlikda energetika va kimyo sohasidagi investitsiya loyihalarini muhokama qilish, yirik xorijiy kompaniyalarni moliyalashtirish, texnologik yechimlarni taqdim etish hamda loyihalar doirasida zarur uskunalarni mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida qator yirik kompaniyalar vakillari bilan biznes muloqot uyushtirildi.
Uchrashuvda, shuningdek, Avstriya tomonidan energetika hamda kimyo sohalarida hamkorlikning mavjud imkoniyatlarini doimiy ravishda oʻrganib borish va ilgʻor loyihalarni birgalikda amalga oshirishni monitoring qilish maqsadida Oʻzbekiston — Avstriya ishchi guruhini tuzish taklifi bildirildi.
Biznes muloqot yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Avstriya Federal moliya vazirligi oʻrtasida oʻzaro ishchi guruh tuzishni koʻzda tutuvchi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan Memorandum imzolandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.