Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari Azim Axmedxadjayev taʼkidlaganidek, soʻnggi paytlarda tomonlar samarali hamkorlik qilish uchun turli loyihalarni faol muhokama qilmoqda.
Xususan, muzokaralar chogʻida 110 kV kuchlanishgacha boʻlgan elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish hamda yangidan qurish uchun chiziqli SIP armaturalarini ishlab chiqarish va yetkazib berish maqsadida “TESK” MCHJ bilan hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. Oʻzbekiston tomonidan hamkor sifatida belgilangan “Oʻzeltexsanoat” AJ bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarishni tashkil etish masalasini oʻrganish taklifi kiritildi.
Qoʻshma hamkorlikning muvaffaqiyatli namunasi sifatida mamlakatda “Tatneft” OAJning yoqilgʻi quyish shaxobchalari tarmogʻini yaratish loyihasini keltirish mumkin. “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan 7 ta yoqilgʻi quyish shoxobchalaridan iborat qoʻshimcha roʻyxat taklif etilib, ushbu loyihalarni baholash boshlandi.
“Tatneft” OAJ va “Oʻzbekneftgaz” AJ ishchi guruhi ham ularni amalga oshirishning maqbul texnik-iqtisodiy shartlarini aniqlash maqsadida past tonnajli kimyo boʻyicha qoʻshma loyihalarni tahlil qildi. Ular qatoriga “Buten-1”, “Geksen-1”, polioksimetilen va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish taklif etilyapti.
Taʼkidlash joizki, tomonlar elektromobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarini keyinchalik mahalliylashtirish orqali rivojlantirish ustida ishlamoqda. Uchrashuv davomida “KMPO”, “KER Holding”, “Energorazvitiye”, “AzAtom” kabi kompaniyalar bilan ijobiy hamkorlik munosabatlari taʼkidlab oʻtildi.
Hamkorlikning yana bir istiqbolli yoʻnalishi – neft-gaz sohasini raqamlashtirishdir. Ushbu yoʻnalishda joriy yilning mart oyida Energetika vazirligi va “ER-Telekom Xolding” kompaniyasi oʻrtasida Bitim imzolangan edi. Hamkorlikni mazmunli muhokama qilish maqsadida kompaniya ishchi guruhining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati.