Energetika tizimi 1-dekabrdan 24 soatlik ish tartibiga oʻtadi

    Energetika 23 Noyabr 2023 1521

    Energetika tizimi 1-dekabrdan 24 soatlik ish tartibiga oʻtadi. Yaqin oylarda 1 ming 700 megavattli 8 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi, Sirdaryoda 500 megavattli gaz turbinasi ishga tushiriladi.

    Surxondaryodagi Shargʻun konida 900 ming tonna koʻmir qazib chiqarish boshlanadi.

    Shuningdek, suyultirilgan gaz, mazut, transformator, kabel va boshqa zarur vositalarning zaxirasi tayyorlab qoʻyilgan.

    Energetika vazirining ajratilgan mablagʻ evaziga joriy yilda qilingan ishlar va yaratilgan zaxira, kunlik isteʼmol va uni taʼminlash moʻljallari toʻgʻrisidagi axborotidan.