Energetika vaziri Oʻzbekistonda gaz qazib olish hajmi qisqarganiga izoh berdi

    Sanoat 28 Aprel 2023 723

    Joriy yilning birinchi choragida gaz qazib olish oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 9,6 foizga kamaygan, unga mos ravshda mart oyida mamlakatga 151,2 mln dollarlik gaz import qilingan.

    Energetika vazirligi rahbari pasayishni tasdiqladi va buni “turli omillar, jumladan texnogen omillar” bilan izohladi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

    “Yaqinda obyektlardan birida avariyaviy toʻxtash sodir boʻldi, buning oqibatida sutkalik ishlab chiqarish 2 mln kub metrga qisqardi”, — dedi u.

    Uning soʻzlariga koʻra, gaz qazib olishning kamayishi asosan “Oʻzbekneftgaz” tuzilmalariga toʻgʻri kelgan, chunki “kompaniya konlarining 75−80 foizi oʻzlashtirilgan, xolos”.

    “Biz hozir chora-tadbirlarni rejalashtirmoqdamiz, har bir kompaniya bilan ishlab chiqarishni qanday oshirishni muhokama qilamiz. Yilning ikkinchi yarmidan boshlab bu dinamika oʻzgaradi”, — dedi u.

    Joʻrabek Mirzamaxmudov gaz tarmogʻidagi vaziyat “alohida nazoratda” ekanini taʼkidladi va kutilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, sohaga kiritilayotgan investitsiyalar tufayli nafaqat qazib olishni, balki gaz qazib olishni oʻtgan yilga nisbatan koʻpaytirish rejalashtirilgan. Biroq u ishlab chiqarishning prognoz hajmlarini aytmadi.

    Avvalroq Oʻzbekiston neft-gaz konlarida qaysi kompaniyalar ishlayotgani haqida batafsil maʼlumot bergan edik. Energetika vazirining Ozodlik radiosi tergoviga javoban maʼlum qilishicha, 294 ta kondan 118 tasi (40%) “Oʻzbekneftgaz”ga tegishli, 176 tasi esa xorijiy kompaniyalarga.

    2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra, eng katta tasdiqlangan zaxiralar “Oʻzbeknetfegaz” tomonidan boshqariladi — 934,1 mlrd kub metr gaz (joriy zaxiralarning 50 foizi). ʼʼLukoyl» 413,1 mlrd kub metr (22,1 foiz), Uz-Kor Gas Chemical — 109,6 mlrd kub metr (5,9 foiz), Surhan Gas Chemical — 106,6 mlrd kub metr (5,8 foiz), Jizzakh Petroleum (hozirgi Saneg) (5,8 foiz) — 84,9 mlrd kub metr (4,5%) gaz zaxiralari boʻlgan konlarda ish olib bormoqda. Ishlab chiqarishning katta qismi ham “Oʻzbekneftgaz” hissasiga toʻgʻri keladi.