Hozirgi kunda COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq boʻlgan epidemiologik vaziyat tufayli 2021-yilda Oʻzbekistonda anʼanaviy (yillik) koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazish rejalashtirilmagan.

Bu “Oʻzbekiston neft va gaz – OGU”, shuningdek, “Energetika, energiyani tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan” kabi xalqaro koʻrgazmalarga ham tegishli.

Mazkur koʻrgazmalarda ishtirok etishni rejalashtirgan barcha kompaniyalar ushbu maʼlumotni qabul qilishlarini soʻraymiz, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.