Vazirlik bayonotida aytilishicha, respublikamizning ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirda hududlarda tashkil etilgan tezkor brigadalar tomonidan ayrim hududlardagi elektr taʼminotida yuzaga kelgan nosozliklar tez fursatlarda bartaraf etilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, elektr taʼminotidagi qisqa muddatli uzilishlar sovuq havo bilan bogʻliq emas.

Mazkur holat elektr qurilmalaridagi yuqori darajadagi chang va birinchi yoqqan yomgʻir natijasida texnik nosozliklarni keltirib chiqarishi bilan bogʻliq hisoblanadi, — deyiladi vazirlik xabarida.