Treningda “Jurnalistika dannыx” (Jurnalistik maʼlumotlar) raqamli tildan barcha uchun tushunarli boʻlgan tilga tarjima qilish va materialni oʻta koʻrgazmali shaklda taqdim etish uchun moʻljallanganligi qayd etildi.
“U.S.Agency for Global Media” tomonidan tashkil etilgan treningda media-trener Oleg Xomenok, “Amerika Ovozi” muxbiri Navbahor Imamova, yetakchi media mutaxassisi Ken Xolder, shuningdek “NBC News” telekanali tezkor boʻlimining onlayn katta muharriri Endi Leren va “The New York Times” gazetasi “Jurnalistik maʼlumotlar” boʻlimi muharriri Amanda Kokslar ishtirok etdi.
“NBC News” telekanalining “Jurnalistik maʼlumotlar” bosh muharriri Endi Leren taʼkidlashicha, jurnalistik maʼlumotlari qiziqish bilan boshlanadi va bu voqeani hikoya qilish va qiziqarli materiallarni bayon qilishning eng muhim vositalaridan biridir. Shuningdek, u statistik maʼlumotlar va maʼlumotlar toʻplamlari bilan ishlamasdan, vaziyatni qanday qilib COVID-19 bilan bogʻlash mumkinligini tasavvur qilish qiyinligini taʼkidladi.
“The New York Times” gazetasining “Jurnalistik maʼlumotlar” bosh muharriri Amanda Koks taʼkidlashicha, bu asosan iqtisodiy mavzularni yoritish uchun ishlatilgan boʻlsada, “Jurnalistik maʼlumotlar” siyosat, ijtimoiy va boshqa sohalarda ham faol qoʻllaniladi.
Birinchi kun davomida ishonchli va tasdiqlangan maʼlumotlarni olish manbalari va shakllari koʻrib chiqildi, xususan, davlat organlari veb-saytlari tarkibida maʼlumotlar toʻplami mavjudligi tahlil qilindi, amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi va maʼlumot tayyorlashda foydalanishning aniq misollari berildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Energetika vaziriri oʻrinbosari B.Narmatov trening ishtirokchilariga yoqilgʻi-energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ushbu sohani OAVda yoritishda ahamiyat berilishi kerak boʻlgan jihatlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.