Yigʻilishga Energetika vazirligi mezbonlik qildi.
Forumda Milliy energetika idoralari hamda vazirliklari, shuningdek, Markaziy Osiyoning besh davlati, Afgʻoniston, Moʻgʻuliston va MDH energetika Kengashidan elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
2007-yilda tashkil etilgan Energetika sohasidagi hamkorlik boʻyicha maxsus ishchi guruh har yili yoki har ikki yilda yigʻilib, mintaqadagi energetika sohasi mutaxassislarini yigʻib, elektr energiyasini ishlab chiqarish, import va eksport qilish hamda tranzit, savdo va mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
Bu yilgi yigʻilishda energetika sohasidagi anʼanaviy va yangi loyihalar hamda tashabbuslar muhokama qilindi. Ishtirokchilar 2019-yil mart oyida boʻlib oʻtgan soʻnggi uchrashuvdan keyingi davrni oʻz ichiga olgan yangilanishlar, hisobotlar va taqdimotlar bilan tanishdilar.
Keyingi yigʻilishda qayta tiklanadigan energiya manbalarining oʻsib borishi va ularning mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bilan oʻzaro taʼsirining huquqiy va texnik jihatlari bilan bogʻliq mavzularga eʼtibor qaratish, shuningdek mintaqaviy chegaralar orqali energiya tizimlarini yana-da integratsiyalashuvi sharoitida elektr energiyasining tranziti bilan bogʻliq masalalar boʻyicha munozaralarni davom ettirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati.