Energetika vazirligi va “Siemens Yenergy AG” Memorandum va “Yoʻl xaritasi”ni imzoladilar

    Energetika 17 Aprel 2021 1065

    2021-yil 16-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Siemens Yenergy AG” (Germaniya) oʻzaro anglashuv memorandumi hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni imzoladilar.

    Hujjatlarni Energetika vaziri Alisher Sultanov va Oʻzbekistonga tashrif bilan kelgan “Siemens Yenergy AG” prezidenti Kristian Brux imzoladilar.

    Memorandumning imzolanishi tomonlarning qoʻshma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida strategik sheriklikni kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlarni oʻrganishdan manfaatdorligini bildiradi.

    Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik qator yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi. Jumladan, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini qurish, Oʻzbekistondagi ishlab chiqarish quvvatlarini energiya auditi, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash, kadrlar tayyorlash, vodorod energetikasi va boshqalar.

    Xususan, “Yoʻl xaritasi” respublika hududlarida DXSH tamoyillariga asoslangan isitish qozonlarida kogeneratsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarni oʻz ichiga oladi; 1300-1600 MVt quvvatga ega yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish; Hoʻjaobod kompressor stansiyasini modernizatsiya qilishda ishtirok etish; innovatsion oʻquv markazlarini yaratish, deb xabar beradi Enyergetika vazirligi matbuot xizmati.