Energetika vazirligi yanvar oyining oxirgi oʻn kunligidan buyon yangi Toshkent tumanida faoliyat olib bormoqda. Shu bilan birga «Oʻztransgaz« va «Oʻzenergoinspeksiya« ham Yangi Toshkentga koʻchirilgan. Maʼlumotlar vazirlik tomonidan tasdiqlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, hozirda faqatgina tashkilotlarning birinchi rahbarlari (vazir, direktor, raislar) eski ishxonalarida ishlamoqda.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari Yangi Toshkent shahri hududiga koʻchirilishi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarorida keltirilgandi.