Energetika vazirligida GE kompaniyasi bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi

    Energetika 21 Oktabr 2022 979

    Energetika vazirligida GE kompaniyasining Rossiya va MDHdagi prezidenti Bela Ferensi bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda mavjud issiqlik elektr stansiyalarining xizmat koʻrsatish iqtisodiyotini rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama etildi.

    Bundan tashqari, mavjud uskunalarni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatishda GE kompaniyasining yuqori malakali mutaxassislari rahbarligida kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama etildi.

    Uchrashuv yakunida koʻrib chiqilgan yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.