Qayd etilishicha, Departamentning Koson va Koʻkdala tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “X.I.” fermer xoʻjaligi hamda “Z.” MCHJ masʼul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 276,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Shu kabi, Departamentning Piskent tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro O.S. «Turopobod« MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 143,9 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Shuningdek, Departamentining Uchkoʻprik tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “P.L.” MCHJ rahbari N.A. ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, 129,2 mln soʻmlik tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.