Toshkent viloyatining eng chekka hududida  joylashgan mazkur mahallada keng ko'lamli dasturlarning amalga oshirilishi yurtimizda inson qadri ulug'lanayotganligidan, har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari ta'minlanayotganligidan darak beradi.

Davlat xizmatlari agentligi mas'ullari ham 70 ga yaqin xo'jalik istiqomat qilib kelayotgan Alxajar qishlog'ida bo'lib, aholining davlat xizmatlari sohasidagi muammolari va murojaatlarini “xonadonbay” tizimi asosida o'rganmoqda. Markaz xodimlari davlat xizmatlaridan uyda o'tirib ham foydalanish mumkinligi, sohadagi yangiliklar va yaratilayotgan imtiyozlar haqida huquqiy tushuntirishlar ham  olib bormoqda. 

Baxtiyor Ismatullayev xonadoniga tashrif buyurgan markaz xodimlari ko'magida elektr energiyasini hisobga olish uskunasini yechish va o'rnatishga ariza berdi. Tez kunda yangi hisoblagich o'rnatiladigan bo'ldi.

Kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo'yicha murojaat qilgan Gavharbek Safiyevning ham muammosi hal etildi.  

— Bizning qishloq tumanning eng olis hududi hisoblanadi, — deydi Alxajar qishlog'ida yashovchi Musurmonbek Yigitaliyev. — Ko'pincha tuman markaziga borib davlat xizmatlaridan foydalanishga vaqtimiz ham, imkonimiz ham bo'lmaydi Prezidentimiz topshirig'iga asosan, mahallalarimizda obodonlashtirish ishlari davom etayotgan shu kunlarda Davlat xizmatlari markazi xodimlari ham uyma-uy yurib, davlat xizmatlariga oid keng ko'lamli targ'ibolt ishlarini olib bormoqda. Markazga borib xizmatdan foydalanishga imkoniyat qoldirmay, shu yerning o'zida jixozlangan avtobus yordamida sayyor davlat xizmatlarini ko'rsatmoqda. Hozirgina jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimiga hisobga olish bo'yicha xizmatdan foydalandim. Ishim bir zumda hal boldi. 

Bugunning o'zida mobil avtobus yordamida alxajarliklarga 50 dan ortiq davlat xizmatlari sayyor tartibda ko'rsatildi.    

DXA Toshkent viloyati boshqarmasi

matbuot xizmati